Qoziq sinovlari poydevorning konstruktiv xususiyatlarini aniqlash va kelajakdagi yuklamalarni hisobga olgan holda qurilishni rejalashtirish uchun zarur.
Ba’zan loyiha bo‘yicha qoziqqa 30 tonna yuklama berilishi ko‘zda tutiladi, ammo grunt xususiyatlari yoki noto‘g‘ri muhandislik izlanishlari sababli amalda uning yuk ko‘tarish qobiliyati ancha past bo‘lishi mumkin.
Ayrim hollarda iqtisod qilish maqsadida qoziqlar yetarli chuqurlikkacha kiritilmagan bo‘ladi.
Bu esa inshoot konstruksiyasining shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Poydevorning ishonchliligini tekshirish uchun qoziqlar turli usullar bilan sinovdan o‘tkaziladi. Har bir usul maxsus uskuna va bilim talab qiladi. Bizda bularning barchasi mavjud.
Biz quyidagi sinov usullaridan foydalanamiz:
- statik sinovlar (asosiy);
- dinamik sinovlar (ELDI);
- seysmoakustik defektoskopiya;
- ultratovushli defektoskopiya;
- kern olish.
Agar batafsil o‘qish qizziq bo‘lmasa — biz bilan bog‘laning.
Qo‘ng‘iroq qilganingizda muhandis barcha savollarga javob beradi, dastlabki hisobkitobni tayyorlaydi hamda obyektga chiqib, smeta va shartnoma tuzadi